Lex qidiruv

Qidiruv rejimi
Hujjat holati
Qo'shimcha filtrlar
Namuna so'rovlar
Hujjat turi

Qanday qidirish kerak

Eng mos natijalar

Ushbu belgi (checkbox) yoqilganda esa, aqlli qidiruv modeli so‘rovingizning mazmunini tahlil qilib, faqat sizga eng ko‘p kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan, muvofiqlik foizi yuqori natijalarni saralab (filtrlab) ko‘rsatadi. Bu ortiqcha hujjatlar orasida chalg‘imasdan, kerakli normativ-huquqiy hujjatni tezroq topishga yordam beradi.

Hujjatni raqami bilan topish

Hujjat raqamini yozsangiz kifoya — PF 181, ПҚ 4447, VMQ413, murakkab raqam ham: 22/3-son, 0229-07-son. Yozilish shakli muhim emas. Kodekslar qisqartma bilan ham topiladi: FK 251, JK, MK, OK. Bunday so'rovda butun hujjat qaytariladi, uning alohida moddalari emas. Bir xil raqamli hujjat bir nechta bo'lsa — hammasi chiqadi, amaldagisi oldinda.

Hujjatni nomi bilan topish

Hujjatning nomini nusxalab qo'ying — o'sha hujjat birinchi chiqadi: Ayirboshlash shoxobchasi toʻgʻrisida. Faqat nomlar orasida qidirish uchun Nom bo'yicha rejimini tanlang.

Hujjat holati

Odatda faqat amaldagi va hali kuchga kirmagan hujjatlar chiqadi. Kuchini yo'qotgan yoki eski tahrirdagi hujjat kerak bo'lsa — "Hujjat holati" dan Barchasi (yoki aynan o'sha holatni) tanlang. Hujjat raqami bilan so'ralsa, u holatidan qat'i nazar chiqadi — holati kartada rangli belgi bilan ko'rsatiladi.

Ro'yxat so'rovlari

Tur va (ixtiyoriy) sana bilan so'rasangiz, shu turdagi hamma hujjat alifbo tartibida, 50 tadan sahifalab chiqadi: kodekslar ro'yxati, qanday plenum qarorlari bor, Prezidentning 2026-yil may oyida qabul qilgan farmonlari ro'yxati, 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan VM hujjatlari.

Qidiruv rejimi

Odatiy — ma'no bo'yicha qidiradi, sinonimlarni o'zi topadi. Aniq ibora — yozganingizni so'zma-so'z qidiradi. Nom bo'yicha — faqat hujjat nomlari bo'yicha qidiradi.

Natija tartibi

Ro'yxat relevantlik bo'yicha tartiblangan — birinchi natija eng mosi. Qo'shimcha filtrlar → tartib → huquqiy kuch tanlansa, natijalar guruhlarga ajraladi (Konstitutsiya, kodeks va qonunlar yuqorida, idoraviy hujjatlar quyida), guruh ichida relevantlik saqlanadi.

O'ng tarafdagi ustunchalar — moslik darajasi. Eng mos natijalar yoqilganda tartibni boshqa model quradi, shuning uchun ustunchalar ko'rsatilmaydi: ular tartibga zid bo'lib qolardi.

Hujjat turi tugmasini bossangiz, o'sha turdagi hujjatlar ichida qaytadan qidiriladi (faqat ekrandagilar emas, butun bazadan).